декабря 13, 2018

Sport tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi hamda mazkur qaror ilovasining 4-bandida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

     Amaliy ishlar bajarildi: Jamg‘arma tomonidan jamoaviy sport turlarini ommalashtirish va mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2025-yil 24-aprel kuni “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti” davlat muassasasi bilan 65-sonli shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma asosida har haftaning juma kuni, ish vaqtidan so‘ng voleybol, basketbol, futbol va suzish bo‘yicha jamoaviy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda va muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

“Rahbar kubogi” tashkil etildi: Jamg‘arma rahbari tomonidan 2025-yil 2-iyunda 97-K-sonli buyruq qabul qilinib, xodimlar o‘rtasida jamoaviy sport turlari (voleybol — 3 iyun, basketbol — 4 iyul, futbol — 8-avgust) bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqalari tashkil etish hamda g‘olib va sovrindorlarni moliyaviy rag‘batlantirish belgilandi.