Узнать стоимость проекта
Оставьте заявку и наш менеджер свяжется с вами в удобное для вас время
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Представьтесь:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Комментарий:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Заказать звонок
Оставьте заявку и наш менеджер свяжется с вами в удобное для вас время
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Представьтесь:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Kontaktlar
Administratsiya:
+998(55) 515-43-43
Xodim bilan ulanish uchun uning ichki raqamini tering
Ofis manzili:
100084, Uzbekiston, Toshkent sh. А.Теmur kuchasi, 101

Tiklanish va Taraqqiyot Jamg‘armasi

   O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq 2006-yilda tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa hisoblanadi.

   Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish, respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin.
   O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamg‘armaning muassisi hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Biz 19
Yoshdamiz
>100
Amalga oshirilgan loyihalar
safeimagekit-hd_5f9777837ceb47b97a051f958d152da6_686222714570f
MOLIYAVIY INSTRUMENTLAR

 

 

IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOQLARINI MODERNIZATSIYALASH VA TEXNIK JIHATDAN QAYTA QUROLLANTIRISH, MAMLAKATNI  BARQAROR VA MUTANOSIB RAVISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH

KREDITLAR
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga yangi va zamonaviy texnologik asbob-uskunalar xarid qilish
KREDIT LINIYALAR
Tijorat banklari orqali iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini va eksportini qo‘llab-quvvatlash hamda import o‘rnini bosuvchi tovarlarni kengaytirish
SANOATNI RIVOJLANTIRISH
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi orqali sanoatini jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy mexanizmlarni joriy qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish
INVESTITSIYALARNI AMALGA OSHIRISH
Hukumat qarorlariga muvofiq yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (ustav kapitalining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda)
QO‘SHMA MOLIYALASHTIRISH
Xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlar kredit tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish
DIVERSIFIKATSIYALI MOLIYALASHTIRISH
Turli tarmoqlar va yangi bozorlarda faoliyat yuritish uchun hukumatlararo sho‘ba kompaniyalar tashkil etish
LOYIHALARIMIZ

Moliyalashtirilgan investitsiya loyihalari     –136ta.

🔹Umumiy qiymati – 27 720,3 mln. dollar:

  • TTJ krediti – 12 554,8 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 15 165,5 mln. dollar.

Yakunlangan loyihalar – 84 ta.

🔹Umumiy qiymati – 17 865,2 mln. dollar:

  • TTJ krediti – 6 625,5 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 11 239,7 mln. dollar.

 

Amalga oshirilayotgan loyihalar – 52ta.

🔹Umumiy qiymati – 9 855,1 mln. dollar:

  • TTJ krediti – 5 929,3 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 3 925,8 mln. dollar.
/
3
/
3

TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASINI UMUMIY QUVVATI 900 MVT NAVBATDAGI IKKI DONA BUG‘-GAZ QURILMALARINI QURISH

🔹 Maqsad – 900 MVt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz energoblokini qurish va 520 mln.m³ tabiiy gaz tejashga erishish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 1320,4 mln. dollar:

  • TTJ krediti – 240,9 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 1 079,5 mln. dollar.

🔹 Joylashuvi – Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi.

Талимарджан (1)

YO‘LOVCHI TASHUVCHI TEZYURAR TALGO-250 ELEKTROPOEZDLARINI SOTIB OLISH 

🔹 Maqsad – Toshkent–Samarqand–Qarshi–Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘lida yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 76,0 mln.Evro:

  • TTJ krediti – 38,0 mln. Evro;
  • boshqa manbalar – 38,0 mln. Evro.
Тальго (1)

TO‘RAQO‘RG‘ON ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASINING QURILISHI

🔹 Maqsad – 900 MVt quvvatdagi To‘raqo‘rg‘on IESni qurish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 1 195,9 mln. dollar:

  • TTJ krediti –  255,2 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 940,7 mln. dollar.

🔹Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 300ta.

🔹 Joylashuvi – Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani.

Туракурган (2)

«NAVOIYAZOT» АJ - POLIVINILXLORID (PVX), KAUSTIK SODA VA METANOL ISHLAB CHIQARISH KOMPLEKSI QURILISHI

🔹 Maqsad – yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqarish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 500,13 mln. dollari:

  • TTJ krediti – 65,97 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 434,16 mln. dollar.

🔹 Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 903ta;

🔹 Joylashuvi – Navoiy viloyati, Navoiy shahri.

IMG_1021

«NAVOIYAZOT» АJ - AMMIAK VA KARBAMID ISHLAB CHIQARISH

🔹 Maqsad – yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 985,7 mln. dollari:

  • TTJ krediti – 320,0 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 665,7 mln. dollar.

🔹 Joylashuvi – Navoiy viloyati, Navoiy shahri.

IMG_1090

«TAXIYATOSH» IES – UMUMIY 460-560 MVT QUVVATGA EGA BUG’-GAZ ENERGOBLOKLARI-NI QURISH

🔹 Maqsad – 460-560 MVt quvvatga ega bug‘-gaz energobloklarini qurish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 678,2 mln. dollari:

  • TTJ krediti – 230,8 mln. dollar;
  • boshqa manbalar – 447,4 mln. dollar.

🔹 Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 97ta.

🔹 Joylashuvi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumani, Taxiatosh shahri.

Тахиаташ (1)

TOSHKENT METROPOLITENI SERGELI YO‘NALISHI QURILISHI

🔹 Maqsad – yiliga 14,2 mln. yo‘lovchi tashish quvvatiga ega bo'lgan Sergeli metrosi liniyasini barpo etish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 170,1 mln. dollar:

  • TTJ krediti - 35,1 mln. dollar;
  • boshqa manbalar - 135,0 mln. dollar.

🔹Yaratilgan yangi ish o‘rinlari –350ta.

🔹 Joylashuvi – Toshkent shahri.

metro.webp

SHOVOT-QORAO‘ZAK YANGI TEMIR YO‘L LINIYASINI HAMDA АMUDARYO USTIDAN O‘TUVCHI TEMIR YO‘L VA AVTOMOBIL YO‘LI QO‘SHMA KO‘PRIGINI QURISH

🔹 Maqsad – O‘zbekiston tranzit salohiyatini oshirish, Nukus va Urganch shaharlari o‘rtasida qulay temir yo‘l va avtomobil qatnovini tashkil etish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 168,7 mln. dollar:

  • TTJ krediti - 45,0 mln. dollar;
  • boshqa manbalar - 123,7 mln. dollar.

🔹 Joylashuvi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri – Urganch shahri.

Sharuzyak.webp

YOSHLIK-I KONINI OʼZLASHTIRISH

🔹 Maqsad – yiliga 60 mln. tonna ruda qazib olish orqali “Olmaliq MMK” АJ rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 4 799,3 mln. dollari:

  • TTJ krediti - 217,1 mln. dollar;
  • boshqa manbalar - 4 582,2 mln. dollar.

🔹 Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 5 647 ta.

🔹 Joylashuvi – Toshkent viloyati, Olmaliq shahri.

Yoshlik.webp

«АNGREN-POP» ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YO‘L LINIYASINI QURISH» LOYIHASI

🔹 Maqsad - 19,2 km. yer osti tunneli qurish orqali O‘zbekistonning barcha hududlarini barqaror temir yoʼl aloqasi bilan bogʼlash, Tojikistonning Sug‘diy temir yo‘l uchastkasi orqali tranzitni to‘xtatish (yillik 140 mln dollargacha tejashga erishish), yuklarni Farg‘ona vodiysiga yetkazib berish xarajatlarini 3,9 barobarga kamaytirish (27,8 dollar/tonnadan 7,2 dollar/tonnagacha).

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 1 702 mln. dollar:

• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti - 242,5 mln. dollar;

• boshqa manbalar - 1 459,5 mln. dollar;

🔹 Joylashuvi – Toshkent viloyati – Namangan viloyati.

Ангрен (1)

SURGIL KONINI OBODONLASHTIRISH VA UNING BAZASI ASOSIDA
USTYURT GAZ-KIMYO KOMPLEKSINI QURISH

🔹 Maqsad – 4,5 mlrd.  uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillati, 8 ming tonna piroliz moyi ishlab chiqarish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 3 890,0 mln. АQSh dollari:

  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti 90,7 mln. dollar;
  • boshqa manbalar 3 799,3 mlrd. dollar.

🔹Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 1 200ta.

🔹 Joylashuvi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qung‘irot tumani, Qirqqiz qishlog‘I va Moʻynoq tumani (gazkondensat koni).

Сургиль

«SURXONDARYO VILOYATI SHERABOD TUMANIDA
SEMENT ZAVODI QURILISHI» LOYIHASI

🔹 Maqsad – Surxondaryo viloyati Sherabod tumanida yiliga 1,5 mln. tonna portlandtsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodini barpo etish.

🔹 Loyihaning umumiy qiymati – 226,8 mln. АQSh dollari:

  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti 106,4 mln. dollar;
  • boshqa manbalar 120,4 mln. dollar.

🔹 Yaratilgan yangi ish o‘rinlari – 1 012ta.

🔹 Joylashuvi – Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani.

sherabadskij_cem_6
BIZNING SHO‘BA KORXONALARIMIZ
Foydali havolalar